"Moviy jamadon sayohati"
Zomin tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari kitobxonlar uchun "Moviy jamadon sayohati" ni uyushtirdi. 34- maktab, 60- maktab o'quvchi yosh kitobxonlari Zomin Axborot kutubxonamizga tashrif buyurishdi. O'quvchi yosh kitobxonlar kutubxona fondidagi adabiyotlar bilan tanishtirildi, kutubxonaga qanday a'zo bo'lish tartib qoidalari haqida tushuncha berildi. Zomin tuman Axborot-kutubxona markazi Abonomentlarga va foydalanuvchilarga xizmat ko'rsatish xizmati rahbari F.Mamatqulova, Z.Azimova tomonidan kitobxonlarni qiziqtirgan savollariga javoblar berdi, moviy jamodondan joy olgan badiiy kitoblardan ma'lumotlar berildi.