"Moviy jamadon sayohati"
Zomin tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari kitobxonlar uchun "Moviy jamadon sayohati" ni uyushtirdi. Qayirma MFYda istiqomat qiluvchi o'quvchi yosh kitobxonlar Zomin Axborot kutubxonamizga tashrif buyurishdi. Kitobxonlar kutubxona fondidagi adabiyotlar bilan tanishtirildi, kutubxonaga qanday a'zo bo'lish tartib qoidalari haqida tushuncha berildi. Zomin tuman Axborot-kutubxona markazi Abonomentlarga va foydalanuvchilarga xizmat ko'rsatish bo'limi xodimlari tomonidan kitobxonlarni qiziqtirgan kitoblaridan ma'lumotlar berildi.