"Moviy jamadon sayohati"
Zomin tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari kitobxonlar uchun "Moviy jamadon sayohati" ni uyushtirdi. Kattabog' MFY, Mustaqillik MFYlarida istiqomat qiluvchi o'quvchi yosh kitobxonlar tashrif buyurishdi. Kitobxonlar kutubxona fondidagi adabiyotlar bilan tanishtirildi, kutubxonaga qanday a'zo bo'lish tartib qoidalari haqida tushuncha berildi. Zomin tuman Axborot-kutubxona markazi Abonomentlarga va foydalanuvchilarga xizmat ko'rsatish xizmati xodimlari X.Mirzayeva, Z.Azimovalar tomonidan kitobxonlarni qiziqtirgan kitoblaridan ma'lumotlar berildi.