"Mohir musavvir"
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 14 dekabrdagi "2020-2025 yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo'llab-quvvatlash milliy dasturini tasdiqlash to'g'risida"gi 781-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida "Kitob va mutolaa haftaligi" doirasida Zomin tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari 16- sentabr "Xalqaro ozon qatlamini himoya qilish kuni" munosabati bilan "Mohir musavvir" nomli rasmlar tanlovi 12-son Bolalar musiqa va san'at maktabi bilan hamkorlikda tashkil etildi. Tanlovda 12-son Bolalar musiqa va san'at maktabining 6 nafar iqtidorli qizlari rangtasvir san'ati namunasi asarlari bilan ishtirok etishdi. Tadbirda faol ishtirok etgan o'quvchi qizlarimiz Zomin tuman Axborot-kutubxonasi markazi tomonidan tashakkurnomalar va estalik sovg'alari bilan taqdirlandi.