"Mirkarim Osim tavalludining 116 yilligi"
Zomin tumani axborot kutubxona markazi xodimlari tomonidan Mirkarim Osim tavalludining 116 yilligi munosabati bilan davra suhbati òtkazildi.
Mirkarim Osim (1907 — Toshkent — 1984) — yozuvchi va tarjimon. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan oʻqituvchi (1944), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi (1977). Dastlab eski maktabda, soʻngra „Shams ul-urfon“ boshlangʻich maktabi (1917—1920), Narimonov nomidagi taʼlim va tarbiya texnikumi (1921—1924)tahsil olgan. Moskvadagi Bubnov nomidagi pedagogika institutini tugatgan (1926—1930). Samarqandda oʻqituvchilar tayyorlash kursida dars bergan (1930). Davlat nashriyotida muharrir (1931), Toshkent Ped. fanlari ilmiy tadqiqot institutida ilmiy xodim (1932— 49), Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotida muharrir bo'lib ishlagan
Mirkarim Osimning tarixiy qissa va hikoyalariga xos asosiy fazilatlar ularda tarixiy haqiqat bilan badiiy toʻqimaning oʻzaro uygʻunligi, tarixiy shaxs obrazining tarixiy davr fonida yaratilganligidir.
https://telegra.ph/Mirkarim-Osim-tavalludining-116-yilligi-08-15