"Milliylik g'ururimiz"
#kitob_va_mutolaa_haftaligi
O'zbekiston'‘O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi “2020–2025-yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash milliy dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Jizzax viloyati Zomin tuman axborot- kutubxona markazida “Kitob va mutolaa haftaligi" 2025 yil 2- 12- sentyabrgacha tashkil etilmoqda. Joriy yilning 3-sentabr kuni Zomin tuman axborot-kutubxona markazi hodimlari tomonidan Kitobxonlar ishtirokida "Milliylik g'ururimiz" mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Milliy urf-odatlarimiz, udumlarimiz, an’analarimiz bir so’z bilan aytganda milliy ma’naviyatimiz va mentalitetimiz qayta kuchga kirdi. O’zbekiston va o’zbek xalqi turli davr va zamonlarning qiyinchiliklarini boshdan kechirdi. Har qanday taziyqlarga qaramay tarixiy va madaniy qadriyatlarni saqlab qolishga harakat qilgani to'g'risida qizg'in davra suhbati bo'lib o'tdi.