"Milliy qadriyatlar yoshlar nigohida"
Jizzax viloyati Zomin tumani Axborot kutubxona markazi Xalqimizning qadimiy tarixi, boy madaniyati va ezgu qadriyatlarini o‘zida yaqqol mujassam etgan, ona tabiat va odamlar ruhiyatida yuz beradigan yasharish, yangilanish va yuksalishlarni asrlar davomida to‘la namoyon qilib, e’zozlanib kelayotgan Navro‘zi olamning beqiyos ahamiyatini hisobga olib hamda ushbu ayyomni mamlakatimizda olib borilayotgan ulkan o‘zgarish va yangilanishlar jarayoniga uyg‘un va hamohang tarzda, har tomonlama yuksak saviyada o‘tkazish maqsadida Zomin tumanida axborot-kutubxona markazi, tuman hokimligi, madaniyat bo`limi, xalq ta`limi bo`limi bilan hamkorlikda "Navròz" bayram tadbiri bo'lib o'tdi. Tadbirni 60- maktab o'quvchilari bilan hamkorlikda "Navro'z" bayrami munosabati bilan "Milliy qadriyatlar yoshlar nigohida" mavzusida o'quvchilar ishtirokida milliy taomlar bilan bezatilgan bayram dasturxoni yozildi. Tadbirda 5a-sinf o'quvchilari g'olib bo'lishdi.
https://telegra.ph/Milliy-qadriyatlar-yoshlar-nigohida-03-25