“Milliy meros-ma’naviy boyligimizdir”
Joriy yilning 9-fevral kuni Zomin tuman axborot-kutubxona markazi o’quv zalida “Milliy meros-ma’naviy boyligimizdir” nomli kitob ko‘rgazmasi tashkil qilindi. Ko‘rgazma xalqimizning asrlar davomida shakllangan boy ma’naviy va moddiy merosini keng jamoatchilikka namoyish etishga bag‘ishlanadi.Ko‘rgazmada milliy an’analarimiz, urf-odatlarimiz, xalq amaliy san’ati namunalari, qadimiy hunarmandchilik buyumlari, milliy liboslar, bezaklar hamda tarixiy madaniyatimizni aks ettiruvchi adabiyotlar, albomlar o‘rin olgan.Ushbu ko‘rgazmaning asosiy maqsadi — yosh avlod qalbida milliy qadriyatlarga hurmat va iftixor tuyg‘ularini shakillantirish, boy tariximiz va madaniy merosimizni asrab-avaylash hamda uni kelajak avlodlarga yetkazishdir.