"Milliy liboslar-ma'naviyat ko'zgusi"
28-sentyabr kuni Zomin tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Yoshlar ittifoqi markazida "Xon atlas" festivali va kitob ko'rgazmasi tashkil etildi. Xalqimizning ming asrlik o'tmishi, urf-odat va an'analari, estetik qarashlari, shuningdek o'ziga xos mujassamligini milliy liboslarimizda namoyon ekanligini targ'ib qilish hamda "Xon atlas" festivalini ommalashtirish maqsadida kitob ko'rgazmasi tashkil etildi. Kitob ko'rgazmasida F.Mamatqulova, M.Nuraliyevalar xon atlasning kelib chiqish tarixi va shakllanish bosqichlari, shuningdek, ushbu milliy matoni ishlab chiqarish texnologiyasi va dizayni haqidagi qiziqarli va mazmunli ma’ruzalar o’qib eshittirishdi. Ko'rgazmaning o’ziga xos jihati shunda ediki, tashrif buyurgan har bir mehmon ramziy ravishda xon atlasdan tikilgan liboslarda edilar. Zero, kelajak avlodning milliy qadriyatlarga nisbatan hurmat ruhida tarbiyalash hamda qadriyatlarga bo'lgan munosabatni shakllantirishga, milliy madaniyatni saqlab qolishga barchamiz birdek ma'sulmiz.