Millat muallimi
Abdurashidxonov Munavvar qori, Oʻrta Osiyo jadidchilik harakatining yoʻlboshchisi, XX asr oʻzbek milliy matbuoti va yangi usuldagi milliy maktab asoschisi, yangi milliy teatr tashkilotchilaridan biri, adib va shoir. Munavvarqori ibn Abdurashidxon ijtimoiy-pedagogik faoliyat bilan birga badiiy ijod bilan ham shugʻullangan. Uning ixcham hikoyalari, talaygina sheʼrlari oʻsha davrdagi matbuot va oʻzi tuzgan hamda yozgan darsliklarga kiritilgan. Shuningdek, u oʻtkir publitsist adib sifatida tanilgan. Misralarida inson va jamiyat, axloq, hurriyat, ziyolilik, tashkilot, davlat idorasi masalalariga alohida eʼtibor qaratgan.
Joriy yilning 20-mart kuni Zomin tuman axborot-kutubxona markazida XX asr oʻzbek milliy matbuoti va milliy maktab asoschisi, milliy teatr tashkilotchilaridan biri, adib va shoirga bag'ishlab “Ta'limimiz fidoiysi" deb nomlangan davra suhbati tashkil etildi.Ushbu tadbirda adibning umri davomida yaratgan o'quv darsliklari va sara asarlari haqida ma'lumot berib o'tildi.