"Millat ko'rki-Xon atlas"
#Xon_atlas
Joriy yilning 25 sentabr sanasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazi hamda RMMM Zomin tuman bo'linmasi bilan hamkorlikda "Xon atlas" haftaligi doirasida "Millat ko'rki-Xon atlas" nomli ma'naviy-ma'rifiy davra suxbati va kitob ko'rgazmasi tashkil etildi.
Biz milliy qadriyatlarimizning bebaho namunasi bo‘lgan, ajdodlarimizdan meros bo‘lib kelayotgan Xon atlas haqida so‘z yuritamiz. Boisi, Xon atlas – bu shunchaki mato emas, bu – tarix, bu – madaniyat, bu – milliy o‘zlik timsolidir.
Xon atlas o‘zining nozikligi, yorqin ranglari va betakror naqshlari bilan nafaqat yurtimizda, balki xalqaro maydonlarda ham e’tirof etilgan. Uning har bir ipida, har bir rangida xalqimizning ezgulik, go‘zallik va nafislikka intilishi mujassam. Buyuk ajdodlarimiz uni har doim or-nomus bilan kiyib, uni ayol go‘zalligining, iffat va odob timsoli deb bilganlar. Bugun esa Xon atlas zamonaviy liboslarda, sahna ko‘rinishlarida o'z aksini topadi. Chunki Xon atlas – bu millat ko‘rkidir!