"MILLAT FIDOYILARI"
#KITOB_TAQDIMOTI
Zomin tumanida joylashgan 9225 Harbiy qism xodimlariga Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Zomin tuman bo'linmasi va Zomin tuman axborot-kutubxona markazi bilan hamkorlikda "MILLAT FIDOYILARI" nomli rasmli kitob taqdimoti o'tkazildi. Tadbir davomida ishtirokchilarga kitobda jamlangan ma'lumotlarning qisqacha mazmuni yetkazildi va ishtirokchilarni qiziqtirgan savollariga javob berildi. Harbiylarimizning mardligi, fidoyiligi sabab osmonimiz musaffo, hayotimiz farovonligi uchun samimiy minnatdorlik bildirildi.