MENING KONSTITUTSIYAM - MENING TAQDIRIM!
Qariyb, 17 yildirki kutubxona sohasida faoliyat yurutib kelaman. Hozirda tuman Axborot-kutubxona markazida Fondlarni to’ldirish, saqlash va ularga ishlov berish xizmati mutaxassisi bo’lib ishlab kelmoqdaman.
Yaqin 6 yillik muddatda bizning sohada ham juda ko’plab islohotlar amalga oshirildi. Kitobga, kitobxonga bo’lgan e’tibor ortdi.
Birgina “Yosh kitobxon” tanlovining bugun nechog’liq ommalashgani, yoki bo’lmasa “Zakovat” intellectual o’yinlarining minglab yoshlarni, bilimdonlarni o’z atrofiga birlashtirganini ko’rib, yurtimizda bilimga bo’lgan e’tibor, bilimdonlarga yaratilayotgan sharoitdan qalbingiz g’urur va iftixorga to’ladi.
Yigit-qizlarimiz turli fan olimpiadalarida, nufuzli tanlovlarda g’olib bo’lib, mamlakatimizdagi oliygohlar xalqaro reytinglarda balandlayotgani, kitob va bosma ommaviy nashrlar targ’iboti, bizni kelajakka ishonch bilan qarashga undaydi.
Axborot-kutubxona markazimizda ham badiiy, ilmiy-ommabop, o’quv-uslubiy kitoblar fondi ortishi bilan birga, electron kitoblar jamlanmamiz ham tobora boyib bormoqda.
Men o’z kasbimdan fahr tuyg’usi bilan birga, yaqinlashib kelayotgan Referendumda butun birodarlarim, qarindoshlar, oila a’zolarim bilan faol bo’lishga ahd qildim. Zotan, Bosh Qomusimiz mustahkamligi – baxtli kelajak garovidir!
Manzura UMAROVA,
Zomin tuman Axborot-kutubxona markazi
Fondlarni to’ldirish, saqlash va ularga ishlov berish xizmati mutaxassisi