"Mening Konstitutsiyam"
O'zbekistonning jahon hamjamiyati va eng avvalo, qo'shni mamlakatlar bilan o'zaro bir-birini qo'llab-quvvatlash hamda do'stono munosabatlarini mustahkamlashga, rivojlantirishga intilib, O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga qo'shimcha va o'zgartirishlar kiritilishi maqsadida 2022-yil 25- iyundan 5-iyulga qadar fuqarolarning takliflari qabul qilinishi belgilab olingan. Zomin tuman Axborot-kutubxona markazi hodimlari 2022-yil 29-iyun kuni "Mening Konstitutsiyam" mavzusida ya'ni O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga yurtimizda yanada barqaror, istiqbolli rejalarni olg'a surish borasida kiritilayotgan qo'shimcha va o'zgartirishlar haqida tushuntirish va targ'ibot ishlari olib borish maqsadida yosh kitobxonlar uchun yig'ilish o'tkazishdi. Yig'ilishda hamma o'zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.