"Mening kimligimni el bilsa bo'ldi".
2022-2026 yillarga mo’ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulug’lash va faol mahalla yili” da amalga oshirishga oid davlat dasturi ijrosi yuzasida NAZORAT REJASIning 72-maqsad: Aholiga axborot-kutubxona xizmatini ko’rsatishni yanada rivojlantirish, kitobxonlikni keng ommalashtirish hamda “Kitobsevar millat” umummiylik g’oyasini ro’yobga chiqarishning 264-265 bandlari bo’yicha, O'zbekiston Respublika Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 18-apreldagi 204-sonli farmoyishi chora-tadbirlari rejasi asosida “Mening kimligimni el bilsa bo'ldi” mavzusida 11-may kuni Zomin tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan O'zbekiston xalq shoiri "Omon Matjon tavalludining 80 yilligi" munosabati bilan davra suhbati o'tkazildi. Tadbirda tumanimiz ijodkorlari O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasining a'zosi Abdusattor Sodiqov davra suhbatini ochib berib O'zbekiston xalq shoiri Omon Matjonning hayoti va ijodi hamda bosib o'tgan hayot yollari haqida so'zlab berdi. Davra suhbati qiziqarli va maroqli o'tdi.