"Men yoqtirgan ertak"
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-iyundagi "O'zbekiston Respublikasi aholisiga axborot-kutubxona xizmati ko'rsatishni yanada takomillashtirish to'g'risida"gi PQ 4354-sonli qarori ijrosini ta'minlash hamda 2022-2026 - yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasini amalga oshirishga oid davlat dasturi ijrosi yuzasidan nazorat rejasining 72-maqsad: Aholiga axborot-kutubxona xizmatini ko'rsatishni yanada rivojlantirish, kitobxonlikni keng ommalashtirish hamda "Kitobsevar millat" umummilliy g'oyasini ro'yobga chiqarishning 264-265 - bandlari bo'yicha chora-tadbirlar rejasi asosida joriy yilning 17-may kuni Jizzax viloyati Zomin tumani axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Zomin tumani YATT " Xo'jakeldiyeva Nodia"ga qarashli oilaviy NMTTga borib jajji bolajonlarga "Men yoqtirgan ertak" mavzusida kitob targ'ibot va tashviqot ishlarini keng olib borishdi. Y0sh jaji kitobxonlarimizga axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan bolalar uchun qiziqarli bo'lgan ertak kitoblardan ertaklar o'qib berishdi va ularni qiziqtirgan ertak qaxramonlari haqida so'zlab berishdi. Yosh bolajonlarni kitobga bo'lgan mehrini oshirish maqsadida ularga axborot-kutubxona markazi tomonidan bir biridan qiziqarli bo'lgan ertak kitoblar va audio ertak kitoblarni sovg'a qilishdi.