"Men sog'lom turmush tarzi tarafdoriman...."
Joriy yilning 28-avgust sanasida
Zomin tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan 2020-yil 30-oktyabrdagi "Sog'lom turmush tarzini hayotga keng tadbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Prezident farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida, O'zbekiston Milliy kutubxonasi tomonidan "Men sog'lom turmush tarzi tarafdoriman...." ruknida sog'lom muhitni yaratishga qaratilgan sport tadbirlari tashkil qilinmoqda. Bugun xodimlar hamda kitobxon oilalar o'rtasida axborot-kutubxona markazida shaxmat va shashka musobaqasi tashkil qilindi. Murosasiz kechgan ushbu musobaqada barcha birdek faol qatnashishdi va yakunda gʻoliblar munosib taqdirlandilar.