“Men sevib o’qigan kitob”davra suhbati
Bola uchun kitob haqiqatan ham eng yaxshi sovg‘a, ammo uni barcha birdek sevib o‘qishni istamaydi. Ko‘pchilik farzandini maktabda ham, uyda ham o‘qishga majburlaydi. Ammo bu noto‘g‘ri. Uni kitobga majburan qiziqtirib bo‘lmaydi. Buning o‘rniga bir nechta samarali texnikalardan foydalangan ma’qul.
Darhaqiqat, nega zamonaviy bolalar kitoblarga muhtoj? Ilgari kitob deyarli yagona ma’lumot manbai va dam olishning eng yaxshi shakllaridan biri edi. Bugunchi? Ma’lumot va o‘yin-kulgi dengizi bizning ruhiyatimizni televizor ekrani, kompyuter monitori orqali to‘ldiradi. Ha, harakatlanuvchi rasm har doim harakatsizidan yaxshiroq, chunki u jonli muloqot illyuziyasini yaratadi, bizni yolg‘izlikdan xalos qiladi.
Joriy yilning 20 iyun kuni Jizzax viloyat Zomin tuman axborot-kutubxona markazi hodimlari "Leardes" o'quv markaziga tashrif buyurib “Men sevib o’qigan kitob” mavzisida davra suhbati o’tkazildi. Ushbu davra suhbatida kutubxona mutaxassisi F.Mamatqulova tomonidan maktab o’quvchilariga yozgi ta’tilni maroqli o’tkazish maqsadida jahon xalq ertaklari turkumidan “Kichkina Yanko”,Astrid Lindgrenning “Mittivoy va Karlson”, Roald Dalning “Charli va shokolad fabrikasi”, Enn Xogartning “Mafin va uning quvnoq do’stlari” asarlari tanishtirib o’tildi. Shundan so’ng maktab o’quvchilari ham o’zlari sevib o’qiydigan asarlari haqida gapirib berishdi.
https://telegra.ph/Men-sevib-oqigan-kitobdavra-suhbati-06-20