Men befarq emasman!
Men befarq emasman!
Men hali maktab oʻquvchisiman, shu yil maktabni tamomlab oʻzim niyat qilgan OTM hujjat topshirib oʻqishga kirish niyatidaman. Shu yilning 30 - aprel kuni boʻlib oʻtadigan referendumga befarq emasman. Chunki kelajak biz kabi yoshlar qoʻlida ekan oʻzimning erkin taklif hamda fikrlarimni bildirishim lozim. Yangi Konstitutsiya mening ertangi kunim, mening kelajagim demakdir. Yangi Konstitutsiyaga befarqlik yohud betaraflik kelajakka boʻlgan ishonchsizlik hamda maqsadsiz hayot deb oʻylayman. Kelajakda oʻqib yurtimiz nomini koʻklarga koʻtarish, xalqimga , elimga zarra boʻlsada foydam tegishini niyat qilganman, bu niyatlarimga yetishishim va oʻqish, ish faoliyatim uchun referendum bir imkoniyat kaliti desam adashmagan boʻlaman. Darhaqiqat kelajak, oldindagi hayot oʻzimizning qoʻlimizda , shunday ekan befarq boʻlmang deyman va barchasi 30-aprelda boʻladigan referendumda faol ushtirok etishga chorlab qolaman.
Zomin tumani
60-maktab 11- sinf
oʻquvchisi
Xumora Saidova.
https://t.me/zomin_kutubxonasi/4476