"Mehr oqibat-Inson hayotining ziynatidir"
Jamiyatdagi barcha insonlar bir-biri bilan munosabatda bo‘lar ekan, ularning o‘rtasida mehr-oqibat va o‘zaro ishonch bo‘lsagina hayotlari yanada go‘zallashib boraveradi. Insonning qadr-qimmati uning mehr oqibati bilan baholanadi. Bu kabi ezgu ishlarni bajarishda Zomin tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari o'z hissalarini qo'shmoqdalar. Zomin Sanotiriysida qarilik gashtini surish maqsadida tashrif buyurgan nafaqadagi dam oluvchilar o'rtasida kitob targ'iboti tashkil etildi. Bunda Axborot-kutubxona faoliyati haqida ma'lumot berildi va mutolaa qilishlari uchun badiiy adabiyotlar tavsiya qilindi. Bunday mehrli e'tibordan yoshi katta kitobxonlarning quvonchi cheksiz ekanligini bildirdilar.
https://telegra.ph/Mehr-oqibat-Inson-hayotining-ziynatidir-07-07