"Mehr kutubxonasi"
Aholiga axborot-kutubxona xizmatini ko`rsatishni yanada rivojlantirish, kitobxonlikni keng ommalashtirish hamda “Kitobsevar millat” umummilliy g`oyasini ro`yobga chiqarishning 264-265 bandlari bo`yicha Jizzax viloyat Zomin tuman axborot-kutubxona markazining chora-tadbirlar rejasi asosida “Mehr kutubxonasi” loyihasi doirasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari F.Mamatqulova, Z.Azimova Taraqqiyot MFYda joylashgan Zomin tuman Tibbiyot birlashmasiga tashrif buyurishdi. Tashrifdan maqsad: u yerdagi aholiga vaqtlarini mazmunli o'tkazishlari uchun hamda kayfiyatlarini ko'tarish maqsadida kitob mutoalasini targ'ib qilishdir.