"Mehr kutubxonasi"
2022-2026 yillarga mo’ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulug’lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi ijrosi yuzasidan NAZORAT REJASIning 72-maqsad: Aholiga axborot-kutubxona xizmatini ko’rsatishni yanada rivojlantirish, kitobxonlikni keng ommalashtirish maqsadida Zomin tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari Z.Azimova, S.Muxtorova hamda I.Shodiyevalar “Mehr kutubxonasi” loyihasi doirasida "Qo'rg'on" MFYda istiqomat qiluvchi nafaqadagi Jo'rayeva Ibodat opa honadoniga tashrif buyurishib hodimlarimiz tomonidan kutubxonamizga kelgan yangi adabiyotlar etkazib berildi va kitoblari almashtirildi. Yosh kutubxonachilar o'zlariga kerakli bo'lgan maslahatlarini olishdi.