Mehr kutubxonasi.
Aholiga axborot-kutubxona xizmatini ko`rsatishni yanada rivojlantirish, kitobxonlikni keng ommalashtirish hamda “Kitobsevar millat” umummilliy g`oyasini ro`yobga chiqarishning 264-265 bandlari bo`yicha Jizzax viloyat Zomin tuman axborot-kutubxona markazining chora tadbirlar rejasi asosida “Mehr kutubxonasi” loyihasi doirasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari Taraqqiyot MFYda joylashgan Zomin tuman Tibbiyot birlashmasi bolalar bo'limiga tashrif buyurishdi. Tashrifdan maqsad: mehr ko'rsatib, vaqtlarini mazmunli o'tkazib ularni kayfiyatlarini ko'tarish hamda kitoblarga bo'lgan mehrini oshirishdir.