"Mehr kutubxonasi"
2022-2026 yillarga mo’ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulug’lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi ijrosi yuzasidan NAZORAT REJASIning 72-maqsad: Aholiga axborot-kutubxona xizmatini ko’rsatishni yanada rivojlantirish, kitobxonlikni keng ommalashtirish hamda “Kitobsevar millat” umummilliy g’oyasini ro’yobga chiqarishning 264-265 bandlari bo’yicha Zomin tuman Axborot-kutubxona markazi abonoment va foydalanuvchilarga xizmat ko'rsatish xizmati raxbari G.To'raqulova tomonidan “Mehr kutubxonasi” loyihasi doirasida "Oqtepa" MFYda istiqomat qiluvchi nafaqadagi Nisonoy opa Karimova xonadoniga tashrif buyurildi, so'ragan badiiy adabiyotlar yetkazib berildi hamda kitoblar almashtirildi.