"Mehr kutubxonasi"
2022-2026 yillarga mo’ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulug’lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi ijrosi yuzasidan NAZORAT REJASIning 72-maqsad: Aholiga axborot-kutubxona xizmatini ko’rsatishni yanada rivojlantirish, kitobxonlikni keng ommalashtirish hamda “Kitobsevar millat” umummilliy g’oyasini ro’yobga chiqarishning 264-265 bandlari bo’yicha Zomin tuman Axborot-kutubxona markazi Axborot-bibliografiya xizmati xizmat rahbari D.Artikova tomonidan “Mehr kutubxonasi” loyihasi doirasida "Birlik" MFYda istiqomat qiluvchi nafaqadagi pedagog Karomat opa Qodirova xonadoniga tashrif buyurildi, so'ragan badiiy adabiyotlar yetkazib berildi hamda kitoblar almashtirildi.