Mehr kutubxonasi
Joriy yilning 23-aprel sanasida Zomin tuman axborot- kutubxona markazi xodimlari tomonidan "O'zbekiston- kitobxonlar yurti" V Respublika "KITOBXONLAR HAFTALIGI" , "Mehr kutubxonasi" loyihasi doirasida "Qayirma" mahallasida yashovchi bugungi kunda qarilik gashtini surayotgan, kitoblarni sevib mutolaa qiluvchi Rafoat ona Xo'rozova xonodaniga ko'chma kutubxona xodimlari tashrif buyurishdi. Rafoat ona o'zi mutolaa qilgan kitoblari haqida qisqacha gapirib berdi hamda xodimlarimiz tomonidan qiziqarli kitoblar yetkazib berildi. https://t.me/zomin_kutubxona/15348