"Mehr kutubxonasi"
Joriy yilning 21-fevral sanasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan "Istiqlol" MFYda istiqomat qiluvchi onaxonimiz Majidova Oynisa ona xonodoniga xodimlarimiz tashrif buyurdi. Yurtimizda keksa avlod vakillarini har tomonlama qo'llab-quvvatlash, ularning jamiyat, oila va mahallarda tinchlik va osoyishtalikni ta'minlash maqsadida "Mehr kutubxonasi" loyihasi doirasida Majidova Oynisa onamizga xodimlarimiz tomonidan kutubxonaga kelgan yangi adabiyotlar taqdim etildi. Onahonimiz tomonidan olingan kitoblar kitxon daftarchasiga qayd etildi.