Mehr kutubxonasi
Joriy yilning 20-fevral sanasida Zomin tumani axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan "Mehr kutubxonasi" loyihasi doirasida Zomin tuman "Bog'ishamol" MFYda yashovchi bugungi kunda qarilik gashtini surayotgan, kitoblarni sevib mutolaa qiluvchi Hadicha ona Mirzajonova honodoniga ko'chma kutubxona tashkil qilindi. Hadicha ona o'zi mutolaa qilgan kitoblari haqida qisqacha gapirib berdi va qanday adabiyotlarga qiziqishini aytib o'tdi hamdaaxborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan qiziqarli kitoblar yetkazib berildi.