Mehr kutubxonasi
Joriy yilning 13-yanvar sanasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan "Istiqlol" QFYda istiqomad qiluvchi nafaqadagi Niyazmatov G'ayrat ota xonadoniga xodimlarimiz tashrif buyurdi. Yurtimizda keksa avlod vakillarini har tomonlama qo'llab-quvvatlash, ularning jamiyat, oila va mahallalarda tinchlik va osoyishtalikni ta'minlash, yosh avlodni xalqimiz an'analarining hurmat qilish ruhida tarbiyalashga qaratilgan "Mehr kutubxonasi" loyihasi doirasida hodimlarimiz tomonidan kutubxonamizga kelgan yangi adabiyotlar taqdim etildi. Otaxonimiz tomonidan olingan kitoblar kitobxon daftarchasiga qayd etildi.