"Mehr kutubxonasi”
2022-2026 yillarga mo’ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulug’lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi ijrosi yuzasidan NAZORAT REJASIning 72-maqsad: Aholiga axborot-kutubxona xizmatini ko’rsatishni yanada rivojlantirish, kitobxonlikni keng ommalashtirish hamda “Kitobsevar millat” umummilliy g’oyasini ro’yobga chiqarishning 264-265 bandlari bo’yicha Zomin tuman Axborot-kutubxona markazi mutaxassisi H.Mirzayeva tomonidan “Mehr kutubxonasi” loyihasi doirasida imkoniyati cheklangan "Qayirma" MFYda istiqomat qiluvchi kitobxon Joniqulova Xadicha xojiona hamda Odilova Gulchehra xojionaning xonadonlariga tashrif buyurildi va kitobxon talabidan kelib chiqib yangi adabiyotlar yetkazib berildi.