"Mehr kutubxonasi"
2022-2026 yillarga mo’ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulug’lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi ijrosi yuzasidan NAZORAT REJASIning 72-maqsad: Aholiga axborot-kutubxona xizmatini ko’rsatishni yanada rivojlantirish, kitobxonlikni keng ommalashtirish maqsadida hamda keksa avlod vakillarini qadrlash, hurmatlash, ularga ehtirom ko'rsatish xalqimizning qon-qoniga singib ketgan azaliy qadriyatlarimizdan biridir. Yurtimizda keksa avlod vakillarini har tomonlama qo'llab-quvatlash, ularning jamiyat, oila va mahallalarda tinchlik va osoyishtalikni ta'minlash, yosh avlodni xalqimiz an'analarini hurmat qilish ruhida tarbiyalash bobidagi rolini oshirishga qaratilgan. Xalqimizga xos mehr-oqibat, katta avlodni e'zozlash, ularning hayot yo'lini o'rganish orqali yosh avlodga ibrat maktabini tarannum etuvchi tadbirlar ko'lamini oshirishga xizmat qiladi. Zomin tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari joriy yilning 4 sentyabr kuni Z.Azimova hamda X.Mirzayevalar “Mehr kutubxonasi” loyihasi doirasida "G'afur G'ulom" MFYda istiqomat qiluvchi nafaqadagi onaxonlarimizga hodimlarimiz tomonidan kutubxonamizga kelgan yangi adabiyotlar taqdim etildi. Onaxonimiz tomonidan olingan kitoblar kitobxon daftarchasiga qayd etildi.
https://telegra.ph/Mehr-kutubxonasi-09-04-2