“Mehr kutubxonasi”
Aholiga axborot-kutubxona xizmatini ko`rsatishni yanada rivojlantirish, kitobxonlikni keng ommalashtirish hamda “Kitobsevar millat” umummilliy g`oyasini ro`yobga chiqarishning 264-265 bandlari bo`yicha Jizzax viloyat Zomin tuman axborot-kutubxona markazining chora-tadbirlar rejasi asosida “Mehr kutubxonasi” loyihasi doirasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari N.Jo'rayeva, G.Fayzullayevalar G'afur G'ulom MFYda istiqomat qiluvchi Shuhrat Mirziyoyev xonadoniga tashrif buyurishdi. Shuhrat Mirziyoyevning vaqtlarini mazmunli o'tkazishlari maqsadida yangi badiiy adabiyotlarda olib borishdi.