"Mavsumiy hosil bayrami"
Hosil bayrami - qishloq xo'jaligi xodimlarining anʼanaviy bayrami (Oʻzbekistonda 1972-yilgacha "Paxta bayrami" deb atalgan). Xoʻjaliklar, tumanlar, viloyatlar miqyosida oʻtkaziladi. Koʻpgina joylarda Hosil bayrami kech kuzda qishloq xoʻjaligi ekinlari hosili yigʻim-terimi tamomlanishiga qarab nishonlanadi. Zomin tumanimizda ham Axborot-kutubxona markazining ko'chma kutubxonasi hamda 15-umumta'lim maktabi bilan hamkorlikda mavsumiy hosil bayrami tashkil etildi. Ko'chma kutubxona mutaxassisi Z.To'rayeva o’quvchilarga meva va sabzavotlar haqida, ularning ahamiyati, o’sish sharoiti, tabiatdagi va insonlar hayotidagi ahamiyati haqida ma’lumotlar berib o'tdi. Hosil bayramida maktab o'quvchilari o'zlari yod olib kelgan she`rlar va samimiy kuy-qo`shiqlarini ijro etdilar. Qishloq xo'jaligi ekinlari ko'rgazmasi ham uyushtirildi.
https://telegra.ph/Mavsumiy-hosil-bayrami-11-25