Manfaatlar to‘qnashuvi
Mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashishda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar, davlat organlari va tashkilotlarida manfaatlar to‘qnashuviga qarshi kurashishni ham taqozo etadi. “Manfaatlar to‘qnashuvi” murakkab va ko‘p qirrali tushuncha bo‘lib, umume’tirof etilgan xalqaro hujjatlarda, xorijiy va milliy qonunchilikka asosan davlat boshqaruvi va korporativ faoliyatda korrupsiyaga qarshi kurashish tufayli uchraydi. Yaqin kunlarga qadar “Manfaatlar to‘qnashuvi” atamasiga oid yagona tushuncha yo‘q edi, shu bois unga turlicha ta’riflar keltirilgan edi. Biroq, manfaatlar to‘qnashuviga qarshi kurashishning dolzarbligi, shuningdek, O‘zbekistonning xalqaro tashkilotlarning (BMT, IHTT va boshq.) korrupsiyaga qarshi xalqaro hujjatlarda keltirilgan majburiyatlari ijrosini ta’minlash vazifasi, O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 3-yanvardagi O‘RQ–419-son “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunida, uning ilk bor huquqiy tushunchasini ishlab chiqishni taqozo etdi. Manfaatlar to‘qnashuvi tushunchasini anglash uchun uning ko‘rinishlarini tahlil qilish ahamiyat kasb etadi. Manfaatlar to‘qnashuvining asosan urug‘aymoqchilik, mahalliychilik, nepotizm, shafelik, kronizm va favoritizm kabi ko‘rinishlari ajratiladi. Bunda, urug‘-aymoqchilik deganda, tashkilot xodimining avlod-ajdodlari bir bo‘lgan, bir sulolaga mansublik asosida uchinchi shaxslarga nisbatan sub’ektiv, imtiyozli va noxolis munosabat shaklidagi shaxsiy manfaatdorligi tushuniladi. Mahalliychilik – shaxsni uning nasliy kelib chiqishi (aslzoda yoki mashhur sulola vakili ekanligi va u jamoatchilik tomonidan e’tirof etilganligi) hamda yaqin qarindoshlarining egallab turgan xizmat mavqei sababli, uning lavozimga qo‘yiladigan malaka talablariga mos kelish-kelmasligini hisobga olmagan holda ishga qabul qilish, rotatsiya qilish va lavozimga tayinlash kabi holatni anglatadi. Nepotizmga (tanish-bilishchilik) – o‘zining yaqin qarindoshlari yoki do‘stlariga noqonuniy imtiyozlar berish maqsadida hokimiyatdan foydalanish va (yoki) ta’sir o‘tkazish, shuningdek, yaqin qarindoshlari va (yoki) do‘stlariga asossiz mukofotlar xisoblash, Tashkilot manfaatlari zarariga, yaqin qarindoshlari va do‘stlarini ishga qabul qilish va lavozimga tayinlashlarga aytiladi. Joriy yil 1 avgust sanasida Zomin tuman axborot-kutubxona markaziga Sharof Rashidov nomidagi Jizzax viloyat axborot-kutubxona markazi yurist konsuli Isakov Abdumurod tashrif buyurdi. Tashrif buyurishdan maqsad “Manfaatlar to‘qnashuvi” mavzusida hodimlar o'rtasida tushuntirish ishlarini olib bordi. Hodimlar tomonidan bergan savollarga ijobiy javoblar berildi.