Manaviyat karvoni
#Manaviyat_karvoni
Zomin tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari va Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Zomin tuman bo'linmasi hamda Zomin tuman Favqulodda vaziyatlar bo'limi bilan hamkorlikda tumanimizda joylashgan yong‘in-qutqaruv bо‘linmalarida xizmat qilayotgan shaxsiy tarkibi a'zolari uchun "Ma’naviyat karvoni" tadbiri doirasida "Internet davrida kitobxonlik: raqamli va bosma kitoblar bahsi" mavzusida ma'naviy-ma'rifiy davra suxbati tashkil etildi. Bugungi tez sur’atlar bilan rivojlanayotgan axborot asrida kitobxonlik mavzusi o‘z dolzarbligini yo‘qotmayapti, balki yangi shakllarda rivojlanmoqda. Internetning keng tarqalishi natijasida kitobxonlik odati o‘zgarib bormoqda: endi biz nafaqat bosma kitoblarni, balki raqamli (elektron) kitoblarni ham o‘qiymiz.