Mahorat darsi
Zomin tuman axborot-kutubxona markazida аxborot-biblografiya xizmati xizmat rahbari H.Mirzayeva tomonidan joriy yilning 18-oktyabr sanasida axborot-kutubxona markazi xodimlariga mahorat darsi o‘tildi. Mahorat darsida axborot-kutubxona markazi xodimlariga bibliografiya ishi, xizmat vazifalari haqida ma'lumotlar berilib, tayyorlangan bibliografik sharh, bibliografik qo’llanma va eslatmalar tayyorlash tartib qoidalari haqida ma’lumotlar berib o’tildi. Xodimlar o’zlari qiziqqan savol va takliflarini berishdi. Bu kabi mahorat darslari tez-tez o’tkazish rejalashtirildi.