Mahorat darsi
Zomin tuman axborot-kutubxona markazi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish xizmati mutaxassisi M.Keldibekova joriy yilning 27 avgust sanasida axborot-kutubxona markazi xodimlariga mahorat darsini o‘tdi. Zomin tuman axborot-kutubxonamiz AKT mutaxassislari tomonidan har oyda mahorat darslarining o‘tkazilib borishi an’anaga aylangan. Mahorat darsida axborot-kutubxona markazi xodimlariga kompyuter va printrdan qanday foydalanish, kitoblarni skaner qilish va PDF variantini yaratish haqida ma'lumotlar berilib hamda ko'rsatib otildi. Bu kabi mahorat darslari xodimlarimiz va yosh kitobxonlarimizning kompyuter savodxonligini shakillantirishda ish tajribalarini orttirishlarida ham qo‘l kelmoqda.