Mahorat darsi.
Zomin tuman axborot-kutubxona markazi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish xizmati xizmat rahbari I.Shodiyeva joriy yilning 2 avgust sanasida axborot-kutubxona markazi xodimlari hamda Zaribdor tuman axborot-kutubxona markazi hodimlari, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish xizmati mutahasissi G. Azimovalarga mahorat darsi o‘tildi. Zomin tuman axborot-kutubxonamiz AKT mutaxassislari tomonidan har oyda mahorat darslarini o‘tkazilib borishi rejalashtirilgan. Maxorat darsida axborot-kutubxona markazi xodimlari va yosh hamkasblarga kompyuter va printrdan qanday foydalanish, kitoblarni skaner qilish va PDF variantini yaratish haqida ma'lumotlar berilib hamda ko'rsatib otildi. Bu kabi mahorat darslari xodimlarimiz va Zaribdor tuman hamkasblarimizning kompyuter savodxonligini shakillantirish, Unicat dasturi bo'yicha bilimlarini mustahkamlash hamda ish tajribalarini orttirishlarida ham qo‘l kelmoqda.