Mahorat darsi
Zomin tuman axborot-kutubxona markazi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish xizmati xizmat rahbari I.Shodiyeva joriy yilning 10 iyun sanasida axborot-kutubxona markazi xodimlariga mahorat darsini o‘tdi. Zomin tuman axborot-kutubxonamiz AKT mutaxassislari tomonidan har oyda mahorat darslarining o‘tkazilib borishi an’anaga aylangan. Maxorat darsida axborot-kutubxona markazi xodimlari va yosh kitobxonlarga kompyuter va printrdan qanday foydalanish, kitoblarni skaner qilish va PDF variantini yaratish haqida ma'lumotlar berilib hamda ko'rsatib otildi. Bu kabi mahorat darslari xodimlarimiz va yosh kitobxonlarimizning kompyuter savodxonligini shakillantirish, Unicat dasturi bo'yicha bilimlarini mustahkamlash hamda ish tajribalarini orttirishlarida ham qo‘l kelmoqda.