Mahorat darsi
Joriy yilning 16 may sanasida Axborot kommunikatsiya va raqamlashtirish xizmati tomonidan Jizzax viloyati axborot -kutubxona markazining 2024-yil 21-avgust № 15-01-03/298 sonli xatiga asosan Zomin tuman axborot -kutubxona markazi xodimlarining kompyuter savodxonligini oshirish maqsadida xodimlar o'rtasida mahorat darsi o'tkazildi. Ushbu mahorat darsida xodimlarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish va ko'proq kompyuter bilan ishlashda nimalarga e'tibor qaratilishi haqida tushunchalar berib o'tildi.