Mahorat darsi
Joriy yilning 4 aprel kuni Zomin tuman axborot - kutubxona markazi Axborot kommunikatsiya texnalogiyalari va raqamlashtirish xizmati tomonidan Jizzax viloyati axborot - kutubxona markazining 2024-yil 21-avgust № 15-01-03/298 sonli xatiga asosan TAKM xodimlarining kompyuter savodxonligini oshirish maqsadida navbatdagi mahorat darsi o'tkazildi. Ushbu mahorat darsida xodimlarga kompyuterdan to’g’ri foydalanish , ish jarayonida faqat kutubxonaga oid ishlarni bajarish va shaxsiy maqsadlarda foydalanmaslik to’g’risida ma’lumot berildi. Ijtimoiy tarmoqlardan to'g'ri foydalanish va keraksiz saytlardan foydalanmaslik haqida xodimlarga tushunchalar berib o'tildi. https://t.me/zomin_kutubxona/14879