Mahorat darsi
Joriy yilning 14 fevral sanasida Zomin tumani axborot-kutubxona markazida xodimlar uchun ijtimoiy tarmoqlardan samarali foydalanish bo‘yicha maxsus mahorat darsi tashkil etildi. Ushbu dars davomida xodimlarga Facebook va boshqa platformalar orqali kontent yaratish, axborot tarqatish va kuzatuvchilar bilan samarali muloqot qilish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.
Mahorat darsi kutubxona xizmatlarini kengroq auditoriyaga tanishtirish, zamonaviy texnologiyalar yordamida o‘quvchilarni jalb qilishga qaratilgan bo‘lib, bu kelgusida kutubxona faoliyatining yanada samarali tashkil etilishiga xizmat qiladi.