Mahorat darsi 2025 yil
Joriy yilning 31 yanvar sanasida Zomin tumani axborot-kutubxona markazida xodimlar uchun mahorat darsi bo‘lib o‘tdi. Ushbu dars davomida zamonaviy axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish, elektron kutubxona tizimlari bilan ishlash va foydalanuvchilarga qulay xizmat ko‘rsatish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
Xodimlar kompyuter dasturlaridan foydalanish bo‘yicha o‘z bilimlarini oshirishdi va savollarga javob olishdi. https://t.me/zomin_kutubxonasi/13442