Mahorat darsi 2025
Zomin tuman axborot-kutubxona markazi Axborot kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish xizmati tomonidan AKM xodimlari ishtirokida navbatdagi o'quv darsi tashkil etildi. Mahorat darsida xodimlarga yangi yil uchun oylik ish rejalarini Excel dasturida tuzish va Excel dasturi afzalliklari haqida tushunchalar berildi. Xodimlar Excel dasturidagi ish reja haqida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar. Shuningdek ijtimoiy tarmoqlarda foydalanishda va ma'lumotlarni ulashishda ushbu manbalarga tayangan holda ish olib borishi tushuntirilib oʻtildi.