"Mahorat darsi"
Zomin tuman Axborot-kutubxona markazi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish xizmati xizmat rahbari I.Shodiyeva Axborot-kutubxona markazi xodimlariga mahorat darsi o‘tdi.
Kutubxonamiz AKT mutaxassislari tomonidan har oyda mahorat darslarining o‘tkazilib borishi an’anaga aylangan.
Bu kabi mahorat darslari xodimlarimizning kompyuter savodxonligini shakillantirish, Unicat dasturi bo'yicha bilimlarini mustahkamlash hamda ish tajribalarini orttirishlarida ham qo‘l kelmoqda.