“Mahalla obodligi-yurt farovonligi”
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-apreldagi 199-F-son farmoyishi hamda O‘zbekiston Respublikasi Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining 2022-yil 28-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-apreldagi 199-F-son farmoyishi ijrosini ta’minlash to‘g‘risida”gi 8-son buyrug‘ini ma’lumot va ijro uchun qabul qilish to‘g‘risidagi, Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxonaning 2022-yil 28-apreldagi 60-son buyrug‘i, Sh.Rashidov nomidagi Jizzax viloyat Axborot – kutubxona markazining 2022-yil 28-apreldagi 45-sonli buyrug‘i hamda Zomin tuman Axborot-kutubxona markazining 2022-yil 29-apreldagi 16-sonli buyruqlari asosida Zomin tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 30-aprel kuni “Mahalla obodligi-yurt farovonligi” obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish umumxalq hayriya hashari o‘tkazildi. Hasharda xodimlar Axborot-kutubxona markazi joylashgan Yoshlar markazi hududida obodonlashtirish ishlari olib borishdi. Bundan tashqari xodimlar o‘zlari yashab turgan hudud va xonadonlarida hamda hududlardagi qabristonlarda ham obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish umumxalq hayriya hasharida faol ishtirok etdilar.