"Ma'rifatparvar murabbiy”
Zomin tuman axborot-kutubxona markazida Munavvar Qori Abdurashidxonovning 145 yilligi munosabati bilan “Ma'rifatparvar murabbiy” mavzusida kitobxonlar klubining faol a’zolari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi. O'zbekiston yozuvchilar uyushmasi a'zosi Abdusattor Sodiqov "Leaders" o'quv markazi tinglovchilariga “Buyuk millatning buyuk kelajak maqsadlari uchun tunu-kun tinim bilmagan xalq xizmatkori” deb topilgan adabiyotshunos, tarbiyachi, muharrir, maorif, jamoat arbobi Munavvar qori Abdurashidxonov hayoti va ijodi to’g’risida batafsil ma’lumotlar berib, Munavvar qori Abdurashidxonovni o’qib o’rganish lozimligini tavsiya etdi. Davra suhbati qiziqarli bo’lib o’tdi.