“Ma’rifatli onalar-jamiyatning tayanchi”
" Kitob o'qish oliy saodatdir " Kitob mutolaasiga havas avvalo, oiladan boshlanishi, ota-onalar farzandlariga kitob o'qishga mehr uyg'otishi uchun o'zlari kitobxon bo'lishi lozim. Sh. Mirziyoyev.
Buyuk maʼrifatparvar Abdulla Avloniy “Qizlar bilim olishga hammadan koʻproq intilishi lozim. Zero, bu bilimlar bilan ular kelajak avlodni tarbiyalaydilar”, deb bejiz aytmagan. Maʼrifatli ayol jamiyatning taraqqiyot yoʻlini belgilab beradi. Chunki aynan u bolalarni tarbiyalaydi va ongi, dunyoqarashi, bilim darajasini shakllantiradi. Ayol kishining ilm bilan shugʻullanishi, ziyoli boʻlishi uning oilasi, farzandlari madaniyatli boʻlishiga zamin yaratadi. Shu bois, davlatimiz aynan ayol-qizlarning bilimli boʻlishiga katta eʼtibor qaratmoqda.Har oyning 17- sanasi “Kitobxon onalar kuni” deb belgilanganligi munosabati bilan Zomin tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan “Ma’rifatli onalar-jamiyatning tayanchi” mavzusida kitobxonlik davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbatida Xalqabod MFY da istiqomat qiluvchi kitobxon onalarimiz ishtirok etdilar. Kitobxon onalarimiz kitob o'qishning afzalliklari haqida so'z yuritib o'zlari o'qigan asarlari yuzasidan fikr almashdilar.
https://telegra.ph/Marifatli-onalar-jamiyatning-tayanchi-09-19