"Ma'naviyat maskaniga sayohat".
Joriy yilning 27 avgustida Jizzax shahrida yangidan barpo etilgan Sharof Rashidov nomidagi viloyat Axborot-kutubxona markazining ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Ochilish marosimida, Jizzax viloyat hokimi Ergash Saliyev, AOKA direktor o'rinbosari G'ayrat Bozorov, O'zbekiston Milliy kutubxonasining direktor o'rinbosari Sobir Djampo'latov hamda Zomin tuman hokimi Alisher Abdug'aniyev va viloyat keng jamoatchiligi ishtirok etishdi. Jizzax viloyat hokimi Ergash Saliyev so'zga chiqib, kutubxonaning bugungi kunda keng jamoatchilik dunyo qarashining shakkillanishidagi muhim omil ekanligi haqida ta'kidlab o'tdi. Ushbu yangi bino aholi foydalanishiga topshirilishi Mustaqilligimizning 31 yilligi munosabati bilan "Yangi O'zbekistonda el aziz, inson aziz" shiorining ijtimoiy hayotimizga tadbiq etilishining amaldagi yaqqol isbotidir. Shundan so'ng, ilmga chanqoq aholi va kitobxon yoshlarimiz mazkur kutubxonada mavjud adabiyotlar bilan tanishish imkoniyatiga ega bo'ldilar.