MA’NAVIYAT MARAFONI "Odob-adabiyotning asosidir "
#MA’NAVIYAT_MARAFONI "Odob-adabiyotning asosidir "
Zomin tumanida “Biz bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak Vatanmiz” shiori ostida “Ma’naviyat marafoni” doirasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazida "Odob-adabiyotning asosidir" mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbatiga Zomin o'lkasining yozuvchi, shoirlari tashrif buyurishdi, jumladan O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zolari Abdug'affor Shodmonov, Abdusattor Sodiqov, Xayrulla Sidiqovlar hamda erkin ijodkor "Zomin Arabia to'garagi"ning ijodkori Dilbar Donaboyevalar o'zlarining kitobxonlik, adabiyotshunoslik va yoshlar o'rtasidagi ta'lim-tarbiya hamda ijodkorlik borasida qizg'in munozaralarga boy davra suhbati tashkil etishdi.